STARTUPS HOUSE
Maqsadlar sari birgalikda
Asosiy kontentga o‘tish

Hujjatlar

Maxfiylik siyosati

Umumiy qoidalar

Ushbu sahifa Startups House veb-sayti orqali yuborilgan ma’lumotlar qanday ishlatilishini tushuntiradi.

Qanday ma’lumotlar yig‘iladi

Murojaat formasini yuborganingizda quyidagilar saqlanadi:

  • ism-familiya;
  • siz tanlagan bog‘lanish usuli va aloqa ma’lumoti (telefon, Telegram yoki email);
  • murojaat turi, xabar matni va ixtiyoriy loyiha nomi;
  • murojaat yuborilgan sahifa va sana.

Ma’lumotlardan foydalanish

Ma’lumotlar faqat murojaatingizni ko‘rib chiqish va siz bilan bog‘lanish uchun ishlatiladi. Ular uchinchi shaxslarga sotilmaydi.

Saqlash va himoya

Murojaatlar himoyalangan bazada saqlanadi va faqat vakolatli xodimlar ko‘ra oladi.

Ma’lumotni o‘chirish

Ma’lumotlaringizni o‘chirishni so‘rash uchun sayt pastidagi kontaktlar orqali murojaat qiling.

Maxfiylik siyosati — Startups House